Kredit reytingi - bu qarz oluvchining kredit tarixi, o'rtacha oylik daromadi, MIB bo'yicha qarzdorligi va boshqa shaxsiy ma'lumotlariga (masalan, yoshi, oilaviy ahvoli va boshqalar) asoslangan holda kreditga layoqatliligini baholashdir. Kredit reytingi sizning yangi kredit olish imkoniyatingizning ifodasidir. Reyting qanchalik yuqori bo'lsa, eng qulay shartlarda kredit olish shunchalik osonroq bo'ladi.